00:25 / 06.08.2015
3145

Alisher Usmonov “Arsenal” yangi mavsumda Angliya chempioni bo‘lishi mumkinligini aytmoqda

Londonning “Arsenal” klubi aksioneri hisoblanadigan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov “Arsenal” yangi mavsumda Angliya chempionatining oliy mukofotiga sazovor bo‘lish uchun munosib ishtirok etishi mumkinligini aytmoqda.

“Agar “Arsenal” og‘ir jarohatlarga yo‘liqmasa, Vengerda “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” bilan raqobatlashishga ajoyib imkoniyat bo‘ladi. Chempionlik taqdiri shu to‘rt jamoa o‘rtasida hal bo‘ladi.

Venger yiqqan jamoa, bitta pozitsiyadan tashqari, Yevropa kuboklari uchun ham muvaffaqiyatli kurashishga tayyor”, deb aytmoqda Usmonov.

Top