21:28 / 06.08.2015
32585

Barak Obama Islom Karimovga tashakkurnoma yubordi

Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!

Sizga mustaqilligimizning 239 yilligi munosabati bilan yo‘llagan samimiy tabrigingiz uchun Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqi nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman.

Biz ushbu bayram munosabati bilan mustaqillik, erkin va ozod hayot, qadr-qimmat hamda baxt-saodatga intilib yashash huquqi prinsiplariga asoslangan yangi davlat barpo etish imkonini bergan oliy maqsadlar haqida o‘ylaymiz. Ushbu qadriyatlar mamlakatimiz asosi va AQSh xalqini birlashtiradigan muhim vosita bo‘lib qolmoqda.

O‘tgan yillar voqealari mazkur qadriyatlar ahamiyatini va barcha uchun muhim bo‘lgan erkin va ozod hayotni himoya qilishda va ushbu g‘oyani ilgari surishda mamlakatlarimiz muhim o‘rin tutishini yodga soladi.

Samimiy ehtirom bilan,

Barak Obama,
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti

Top