08:21 / 06.08.2015
2984

«Barselona» o‘rtoqlik uchrashuvida «Roma»ni yirik hisobda yengdi

5 avgust oqshomida “Barselona” Gamper Kubogi doirasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida “Roma”ga qarshi maydonga tushib, 3:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi.

O‘yindagi gollarga Neymar, Messi va Rakitich mualliflik qilishdi. Messi ta'tildan keyin ilk o‘yinini o‘tkazdi.

Xorvatiyalik futbolchi Rakitich o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.
O‘yinda "Barselona" jamoasidan faqat Rakitich va Bartra to‘liq vaqt davomida harakat qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, bungacha "Barselona" qatorasiga 3 uchrashuvda "MYu" (1:3), "Chelsi" (2:2, 2:4 - penaltilar seriyasi) va "Fiorentina" (1:2) jamoalaridan mag‘lub bo‘lgandi.
"Barselona" (Ispaniya) – "Roma" (Italiya) – 3:0 (2:0)

Gollar: Neymar, 26 (1:0). Messi, 41 (2:0). Rakitich, 66 (3:0).

Top