11:36 / 06.08.2015
2206

Benites: Gvardiolaning jamoasi - yaxshi yo‘lga qo‘yilgan mexanizm

"Real" klubi bosh murabbiyi Rafael Benites "Bavariya"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Gvardiolaning jamoasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan mexanizm. Biz juda kuchli jamoaga qarshi maydonga tushdik. Bu tarkibimizdagi yosh futbolchilar uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi. Albatta, mag‘lubiyatga uchraganimiz achinarli. Biz to‘p nazoratini yaxshi yo‘lga qo‘ya olmadik. Bir-ikkita vaziyat yaratdik, ammo bu "Bavariya"ni mag‘lub etish uchun kamlik qiladi.
Ikki kun ichida ikkita o‘yin o‘tkazish oson emas. Shu sababli ba'zi futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Bizda yaxshi jamoa bor, ammo uni yanada kuchaytirish mumkin. Transfer mavsumi 31 avgust kunigacha ochiq", - deydi Benites.

Top