01:23 / 06.08.2015
3958

Buyuk Britaniyaning eng nufuzli islom imomi “IShID”ni qo‘llab-quvvatlashda ayblanmoqda

Buyuk Britaniyada “IShID” terrorchilik tashkiloti jangarilarini qo‘llab-quvvatlashda mamlakatdagi eng nufuzli imomlardan biri Anjyem Chaudariga ayblov qo‘yildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Londonda 5 avgustda bo‘lib o‘tgan sud jarayonida Chaudari o‘zini aybdor deb hisoblamasligini aytgan.

Qayd etilishicha, Chaudari “IShID” jangarilarini qo‘llab-quvvatlashga ta'sir o‘tkazish va jalb etish vositasi sifatida internetda chop etilgan ma'ruzalaridan foydalanganlikda ayblanmoqda.

Sud imomni 28 avgustgacha hibsda ulshab turilishiga qaror qildi.

Agar sud Chaudarini aybdor deb topsa, unga 10 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Top