01:35 / 06.08.2015
2267

TsSKA “Sparta” ustidan g‘alaba qozonib, Chempionlar Ligasi saralashining keyingi bosqichiga yo‘l oldi

Moskvaning TsSKA klubi Praganing “Sparta” klubi ustidan Chempionlar Ligasi saralash bosqichining javob uchrashuvida mehmonda g‘alaba qozonib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi. Pragadagi “Jyenerali Arena-Letna” stadionida o‘tgan uchrashuv 3:2 hisobi bilan armiyaliklar foydasiga yakunlandi.

Uchrashuvning 17-daqiqasidayoq TsSKA 0:2 hisobida imkoniyatni boy berayotgan edi, biroq o‘yinning qolgan qismida jamoa o‘yin taqdirini o‘z foydasiga burishga muvaffaq bo‘ldi. TsSKAda to‘plarni Ahmad Musa (dubl) va Alan Dzagoyev kiritdi. Shu tarqiqa, murabbiy Leonid Slutskiy boshchiligidagi jamoa musobaqaning 4-saralash bosqichiga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi uchrashuv 2:2 hisobida yakunlangan edi.

Chempionlar Ligasi saralash bosqichi. 3-tur
“Sparta” (Chexiya) – TsSKA (Rossiya) – 2:3
Gollar: Kreychi, 6, Fatai, 16 – Musa, 35, 51, Dzagoyev, 76.
Ogohlantirishlar: Fridek, 28, Gushbauyer, 89 – A. Berezutskiy, 73.
Chetlatish: Mateyovski, 65

Top