23:36 / 06.08.2015
3404

Di Mariya transferlarining umumiy qiymati bo‘yicha eng qimmatbaho futbolchiga aylandi

“PSJ”ning yangi o‘yinchisiga aylangan argentinalik futbolchi Anxel Di Mariya agar uning barcha transfer qiymatlarining umumiy qiymati olinsa, futbol tarixidagi eng qimmatbaho futbolchiga aylandi.
Futbolchi “Manchester Yunayted”dan “PSJ” klubiga 63 mln yevroga o‘tdi. “MYu” esa bir yil avval futbolchini “Real”dan 75 mln yevroga xarid qilgan.
Madridliklar esa, o‘z navbatida, 27 yoshli Di Mariyani 36 mln yevroga “Benfika”dan, “Benfika” esa “Rosario Sentral”dan 3 mln yevroga sotib olgan.
Shu tariqa argentinalik mohir futbolchi transferlarining umumiy qiymati 177 mln yevroni tashkil qilmoqda.
Argentina terma jamoasi yarimhimoyachisi eng qimmatbaho futbolchilar reytingida Zlatan Ibrohimovich (172,8 mln yevro) va Xames Rodrigesni (132,63 mln yevro) ortda qoldirdi.

Top