8378.04 USD +3.94

9488.13 EUR +77.32

129.09 RUB +2.91

11133.6 GBP +234.69

17:49 / 06.08.2015 1443

Fransiyalik tergovchilar Reyunon oroli yaqinidan samolyot qoldiqlari topilganligini rad qilishdi

Fransiyalik tergovchilar Reyunon oroli yaqinidan samolyot qoldiqlari topilganligini rad qilishdi. Bu haqda France-Presse agentligi xabar bermoqda.
Ilgariroq Malayziya transport vaziri Liou Tiong Lay Reyunon orolidan topilgan qoldiqlar 2014 yilda g‘oyib bo‘lgan Boeing samolyotiga oid bo‘lishi mumkinligini, bu Fransiyada tekshirilayotganini ma'lum qilgan edi.

Ammo BFM efirida chiqish qilgan ekspertlar bu fikrni inkor qilishdi. Jumladan, ular samolyot illyuminatorlari mustahkam va og‘ir materialdan tayyorlanganligi bois oqim bilan qirg‘oqqa tashlanishi mumkin emasligini eslatib o‘tishdi.

Teglar

Top