12:10 / 06.08.2015
6359

Galaxy S6 va Galaxy S6 Edge flagmanlari birdaniga $100 ga arzonlashdi

Samsung Galaxy S6 va Galaxy S6 Edge flagmanlarini bugungi kunga kelib, tarixdagi eng tez arzonlashib ketgan smartfonlar deb bemalol aytishimiz mumkin. 13 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan Unpacked taqdimotida rasman namoyish etilishi kutilayotgan Galaxy Note 5 fableti sotuvi oldidan, Samsung kompaniyasi Galaxy S6 va Galaxy S6 Edge smartfonlari narxini qariyb 100$ ga arzonlashtirdi.

Mail.ru bergan xabarga ko‘ra Evropa bozorlarida, ushbu ikki flagman bir necha kundan buyon arzonlashtirilgan narxda sotilmoqda. AQSh’ning T-mobile mobil operatori ham har ikkala smartfon narxini $100 ga arzonlashtirdi. Misol uchun, bundan biroz vaqt oldin Galaxy S6’ning 32 GB doimiy xotiraga ega varianti $669, 99 sotilgan bo‘lsa, bugunga kelib bu qurilmani T-mobile mijozlari $569, 99 ga xarid qilishlari mumkin.

Samsung tomonidan narxning ushbu keskin arzonlashuvi O‘zbekistonda sotilayotgan Galaxy S6 va Galaxy S6 Edge smartfonlarining narxiga ta'sir qiladimi yoqmi bu hozircha noma'lum.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi vaqtda Toshkentning “Fleshka” savdo bozoridan Galaxy S6 smartfonini 2,2 million so‘mga, Galaxy S6 Edge’ni esa 2,9 million so‘mga xarid qilishingiz mumkin.

Top