01:50 / 06.08.2015
2705

Kreml Fransiya “Mistral”lar bo‘yicha Rossiyaga pul o‘tkazib berganini ma'lum qildi

Fransiya “Mistral” kemalarini yetkazib bermaganlik uchun Rossiyaga tavon puli o‘tkazib berdi va Rossiyaga qurilmalarni qaytargandan keyin harbiy kemalardan o‘zi istagancha foydalanishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda Kremlda ma'lum qilindi.

Kremlda vertolyot tashuvchi kemalar yetkazib berish bo‘yicha masala hal qilingan deb hisoblanmoqda. “Mistral”lar bo‘yicha muzokaralar do‘stona ravishda o‘tdi, hech qanday tortishuvlarga borilmadi.

Avvalroq tomonlar kemalarning yetkazib berilmagani uchun tavon pulini kelishib olganlari ma'lum qilingandi.

O‘z navbatida, Fransiya mudofaa vaziri Jan-Iv le Drian fransuz byudjyeti shartnomaning bekor qilinishidan 1,2 mlrd ziyon ko‘rganini aytgan edi.

Top