03:41 / 06.08.2015
2186

Malayziya bosh vaziri: ekspertiza topilgan bo‘lakning Boeing’ga tegishli ekanini ko‘rsatdi

Malayziya bosh vaziri Najab Tun Razzoq o‘tkazilgan ekspertiza Reyunon orolida topilgan samolyot qanoti bo‘lagi o‘tgan yili yo‘qolib qolgan Boeing samolyotiga tegishli ekanini ko‘rsatganini ma'lum qildi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.  

Avvalroq bir yil avval yo‘qolib qolgan Malayziyaga tegishli Boeing samolyotida xizmat muddati bir yildan avvalroq tugagan suvosti lokatsion buyi o‘rnatilgani ma'lum bo‘lgandi. Samolyot yo‘qolgandan keyin bir yildan keyin chiqarilgan hisobotda lokatsion buyning eski holati hisobga olinmasa, parvoz normal rejimda o‘tgani aytilgan.    

Bortida 227 nafar yo‘lovchi va 12 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan Boeing 777-200 samolyoti 2014 yil 8 martga o‘tar kechasi radarlar ekranidan yo‘qolib qolgan. Samolyot MH370 reysi bilan Kuala-Lumpurdan Pekinga uchib ketayotgan bo‘lgan. Layner bilan aloqa uzilgan, uning kelgusi taqdiri hanuzgacha noma'lumligicha qolmoqda. 

Top