16:35 / 06.08.2015
3321

Oldingi avlod Chevrolet Cruze restayling qilindi

Chevrolet kompaniyasi o‘zining Cruze rusumli avtomobilning yangilangan variantini Tailandda namoyish etdi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Manbaning yozishicha, yangicha ko‘rinishdagi mazkur mashina yangi elektronik xususiyatlar bilan boyitilgan. Avtomobil dizayni sezilarli ravishda o‘zgartirilgan, radiatorga ikki qavatli panjara o‘rnatilgan. Yangicha kapot, yangicha old bamperlar bilan jihozdangan.

Mashinaning orqa svetodiodli yoritgichlari Chevrolet Camaro`ning yoritgichlarini eslatib yuboradi. Orqa nomerni joylashtirish o‘rni kapot tomining yon qismidan bamperga ko‘chirilgan.

Cruze shuningdek yangi 17 dyuymli shinalar o‘rnatiladi. Asosiy o‘zgarishlardan biri esa Chevrolet MyLink dasturida ishlovchi 7 dyuymli multimedia displeyi o‘rnatilganida bo‘ldi.

1,8 kuchga ega Ecotec dvigateli va 141 ot kuchiga ega yangi avlod mashinasi iyun oyida AQShda namoyish qilingandi. Chevrolet Cruze yangi avlodi AQSh va Kanadada 2016 yilning boshida sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan.

Top