05:50 / 06.08.2015
4689

Psixologlar chiroyli joyda yashovchi insonlar kamroq cherkovga borishga moyil bo‘lishlarini aniqladilar

Tadqiqotchilar inson yashaydigan joyning xarakteri uning dindorligiga bevosita ta'sir qilishini aniqladilar: manzalar qanchalik chiroyli bo‘lsa, odamlar shunchalik kamroq cherkovga borar ekanlar.  

Olimlar u yoki bu hudud tabiatining aholisining dindorligi bilan o‘zaro aloqasini aniqlay oldilar. Ko‘zni quvontiradigan manzaralar va yaxshi ob-havoga ega joylarda yashovchi odamlar o‘zlarini kamroq u yoki bu dinga aloqador deb hisoblaydilar.

Ruhshunoslar buni chiroyli manzara va yaxshi ob-havo insonning hissiy barqarorligiga ko‘mak berishi va uning ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi bilan tushuntirmoqdalar, ya'ni chiroyli manzara va yaxshi ob-havo ko‘pchilik odamlar oliy kuchlarda qidiradigan ishni bajaradi.

Top