18:47 / 06.08.2015
2749

"PSJ" Di Mariyaning transferini e'lon qildi

"PSJ" jamoasi "Manchester Yunayted" jamoasining argentinalik yarim himoyachisi Anxel Di Mariyani sotib olgani haqida rasman e'lon qildi.

27 yoshli ushbu futbolchi parijliklar jamoasi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.

"PSJ" transfer qiymatini oshkor qilmagan. Ba'zi manbalarga ko‘ra ular inglizlarga 63 mln yevro to‘lashgan.

Top