09:21 / 06.08.2015
2200

Rosbank “Inkaxran”ni sotib yubordi

Rosbank inkassatsion biznesi bo‘lmish “Inkaxran” kompaniyasini 500-600 mln rublga Moskva kredit bankiga sotadi. Bu haqda “Vedomosti” nashri yozmoqda.
Rosbank rasmiysining bayonotiga ko‘ra, ushbu shartnoma Societe Generale tomonidan amalga oshirilayotgan Rossiyada strategik rivojlanish ishining bir bo‘lagi hisoblanadi. Shartnomadan olingan pullar bank biznesining asosiy yo‘nalishlarini rivojlantirishga qaratiladi.
Moskva kredit banki inkassatsion biznes yordamida korporativ mijozlarning moliyaviy oqimlarini kuzatib boradi va shu yo‘l bilan ularning to‘lov qobiliyatini o‘rganib boradi.

Top