09:58 / 06.08.2015
2806

Rossiya hukumati Pokiston bilan tuzilgan “Shimol-Janub” gaz quvuri kelishuvi loyihasini tasdiqladi

Rossiya hukumati Pokiston bilan tuzilgan “Shimol-Janub” gaz quvuri kelishuvi loyihasini tasdiqladi. Bu boradagi farmon vazirlar mahkamasining saytida joylashtirildi.
Kelishuvdan ko‘zlangan maqsad – Pokiston Islom Respublikasi hududida Karachidan Lahorgacha bo‘lgan “Shimol-Janub” gaz quvurining qurilishida Rossiyaning ishtiroki uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.
Kelishuv 25 yil mobaynida amalda bo‘ladi va avtomatik tarzda besh yilga uzaytirib borilishi mumkin.
Pokiston tomoni ushbu loyihaga ko‘ra yer uchastkalaridan foydalanish huquqini taqdim etadi. Rossiya esa o‘z asbob-uskunalari, mutaxassislari va mahsulotlarini qurilish ishlariga jalb qiladi.

Top