17:28 / 06.08.2015
2533

Toshkentda moskvalik sirk ustalarining "Kuylovchi favvoralar" dasturi taqdim etiladi

1- 30 avgust kunlari Moskvaning "Suv ustidagi sirk"i gastrol safari bilan Toshkentda bo‘ladi.

«Kuylovchi favvoralar» nomli sirk dasturi attraksionlar, ekzotik hayvonlar, akrobatlar, havo gimnastikachilari, ekvilibristlar, masxarabozlar va jonglyorlarni o‘z ichiga oladi. Artistlarning chiqishlari bir oy davomida, shanba va yakshanba kunlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbek davlat sirkining ma'lum qilishicha, bu davrda sirk maydoni favvoralar otilib turgan ulkan ko‘lga aylanadi. Balandligi 150 santimetrdan oshuvchi sirk hovuziga 140 tonna suv sig‘adi.

Top