09:14 / 06.08.2015
1550

Uilsher 3 oygacha maydonga tusha olmasligi mumkin

"Arsenal" jamoasi yarim himoyachisi Jyek Uilsherning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi.

Xabar qilinishicha, Angliya terma jamoasi va "Arsenal"ning asosiy tayanch yarim himoyachisi hisoblanadigan bu futbolchining chap tizzasi jiddiy jarohatlangan. Uning tiklanishi uchun 3 oy talab qilinishi aytilmoqda.

Shu tariqa u "Arsenal" safida APlning yangi mavsumi birinchi qismida maydonga tusha olmaydi va Angliya terma jamoasining Yevro-2016 saralashidagi 2 o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Top