17:43 / 06.08.2015
1871

"UZ” hududidagi domenlar soni 21,86 mingtaga yetdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya rivojlantirish vazirligi Hay'atining 2015 yilning I yarim yilligida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, joriy qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan majlisi o‘tkazildi. Unda Milliy kontentni rivojlantirish yo‘nalishida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish kerakligi alohida ta'kidlandi. Bu haqda telegraf.uz nashri xabar bergan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan davrda UZ” hududidagi domenlar soni 21,86 mingtaga yetdi. Joriy yilning birinchi yarim yilligida AT va kommunikatsiyalarini rivojlantirish tizimida faoliyat yuritayotgan korxonalar tomonidan 2,17 trillion so‘mlik xizmat ko‘rsatildi hamda ushbu ko‘rsatkich 2014 yilning shu davriga nisbatan 25,4 foizga o‘sdi. Xususan, bu yo‘nalishda aholiga 1,5 trillion so‘mlik, kompyuter dasturlari bilan bog‘liq 110,1 milliard so‘mlik xizmat ko‘rsatildi.

Joriy yilning mart oyida ishga tushirilgan www.data.gov.uz portaliga ayni damga qadar 464ta ochiq ma'lumotlar joylandi va Yagona portalda ko‘rsatilayotgan xizmatlar soni 449taga yetdi.

Top