14:57 / 06.08.2015
9971

Xorazmda gazoblok ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Xorazm viloyati Yangiariq tumanining Ostona qishlog‘ida «Yangiariq gazobeton» mas'uliyati cheklangan jamiyati yangi g‘isht ishlab chiqarish zavodi ishga tushdi. Korxonada zamonaviy texnologiyalar yordamida yangi turdagi pishiq g‘isht - gazoblok tayyorlanadi. Bu haqda "Telegraf.uz" nashri xabar bergan.

Tsement, qum va maxsus kukun aralashmasidan tayyorlanadigan mahsulotning har biri 14-16 dona g‘isht kattaligiga teng keladi. Ammo u g‘ishtdan ikki barobar yengil bo‘lib, pishiqligi jihatidan ham undan ancha ustun. Bunda bino poydevoriga tushadigan og‘irlik kamayib, undan foydalanish muddati uzayadi.

Ish jarayonlari kompyuter yordamida amalga oshiriladi. Korxonada mehnat qilayotganlar kasb-hunar kollejini bitkazgan yoshlar hisoblanadi. Korxona jamoasi kelgusida boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni ham o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishgan.

Top