18:42 / 07.08.2015
3635

2035 yilga borib Termizdagi magistrallarning umumiy uzunligi ikki barobarga ko‘payadi

2035 yilga borib Termizdagi magistrallarning umumiy uzunligi ikki barobarga ko‘payadi.

2015 yil 17 iyulida Vazirlar Mahkamasining “Termiz shahrining 2035 yilgacha bo‘lgan bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingandi.

U, boshqa ko‘plab infrastrukturalar barobarida, yangi yo‘l va magistral tarmoqlarini qurish imkonini beradi.

Surxondaryo viloyati hokimiyati, tegishli vazirlik, qo‘mita va idoralar, shuningdek, “O‘zavtoyo‘l” DAK 2035 yilga qadar ushbu bilan tasdiqlangan bosh rejani sifatli va o‘z vaqtida ijro etishi talab qilinadi.

“O‘zavtoyo‘l” matbuot xizmatining xabar qilishicha, ko‘rsatilgan sanaga kelib shahar transporti magistrallarining umumiy uzunligi 143.9 km ni, shahar hududi esa 3 644.81 ga ni tashkil qiladi. Ayni paytda bu ko‘rsatkichlar, muvofiq ravishda, 70.35 km va 2 226.02 ga ga teng.

Top