16:45 / 07.08.2015
2021

2105ta sug‘urta da'vosi bo‘yicha 5,5 mlrd so‘m miqdorida sug‘urta qoplamalari to‘landi

“Kafolat sug‘urta kompaniyasi” joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra kompaniya tomonidan 2105ta sug‘urta da'vosi bo‘yicha 5,5 milliard so‘mlik sug‘urta qoplamalari to‘lab bergan. Ushbu ko‘rsatkich 2014 yilning shu davriga nisbatan 2,1 milliard so‘mga (62 foiz) ko‘p. Ayni paytda kompaniya tomonidan bir kunda 11-12 ta sug‘urta qoplamalari amalga oshirilmoqda. Bu haqda kompaniyaning axborot xizmati xabar bergan.

Birinchi yarim yillikda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 1,3 milliard so‘m sug‘urta qoplamalari to‘landi va bu ko‘rsatkich 2014 yilning shu davriga nisbatan 18 foizga ko‘p hisoblanadi.

Bundan tashqari kompaniya tomonidan 2015 yilning birinchi yarmida ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha 2,4 mlrd so‘mga yaqin (2014 yilning shu davriga nisbatan 500 million so‘mga ko‘p), ixtiyoriy tibbiy sug‘urta bo‘yicha 129 mln.so‘mdan ziyod (2014 yilning shu davriga nisbatan 73 foizga ko‘p) sug‘urta qoplamalari amalga oshirilgan.

Top