11:50 / 07.08.2015
8506

Andijonda 1,5 mlrd so‘m mablag‘ asosida zamonaviy akvapark qurildi

Andijon viloyati Andijon tumanidagi O‘rikzor mahallasida zamonaviy akvapark ish boshladi. Andijon tumanidagi “Osiyo mustahkam bunyodkor” mas'uliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari tomonidan barpo etilgan mazkur inshootga xorijdan qariyb 1,5 milliard so‘mlik cho‘milish maydonchalari, uskuna va jihozlar keltirildi.

2,5 gektar hududni egallagan akvaparkda bolalar uchun to‘rtta basseyn, cho‘milish havzasi, kiyinish xonalari, dush mavjud. Turli shakl va hajmdagi favvoralar ham barchaga yaxshi kayfiyat baxsh etadi. Sirpanish quvurlari o‘rnatilgan maydoncha o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lib, eng baland sirpanish qurilmasining balandligi 13 metrni tashkil etadi.

Cho‘milish havzasining aylanasi 170 metr, atrofida o‘ziga xos landshaft yaratilgan. Dam olish uchun maxsus joylar mavjud. Havzada suv filtrlash uskunasi yordamida muntazam ravishda tozalab turiladi. Bundan tashqari, yozgi kafe, cho‘milish ashyolari sotiladigan do‘kon mijozlar xizmatida.

Top