15:35 / 07.08.2015
2914

AQSh Lavrovni Obamaning aksilraketa tizimi haqidagi so‘zlarni bir yoqlama talqin qilishda aybladi

AQSh Davlat departamenti Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni AQSh prezidenti Barak Obamaning Yevropada aksilraketa mudofaasi tizimini yaratish haqidagi so‘zlarini bir yoqlama talqin qilganlikda aybladi.

Lavrov o‘z chiqishida Obamaning 2009 yili so‘zlagan nutqini yodga oldi. O‘shanda AQSh yetakchisi Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erishilishi Yevropada bunday tizimning yaratilishiga ehtiyoj qoldirmasligini aytgan edi.

“Lavrov prezident Obamaning so‘zlariga munosabat bildirdi va, ochig‘ini aytganda, aksilraketa mudofaasi haqida yolg‘on gapirdi. Bu yo tanlab iqtibos keltirish, yoki, eng yomon ehtimolda, faktlarni inkor qilishdir”, – deyiladi xabarnomada.
Departament rasmiylarining ta'kidlashicha, AQSh faqatgina Erondan himoyalanmaydi, shu bois Yevropada bunday tizimning yaratilishi o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q.

Top