10:20 / 07.08.2015
5123

AQSh o‘ldirilgan IShID rahbarining rafiqasini Iroq hukumatiga topshirdi

AQSh IShID ekstremistik guruhining o‘ldirilgan rahbarlaridan biri Abu as-Sayyofning rafiqasini Iroq hukumatiga topshirdi. Bu haqda Pentagon tarqatgan xabarnomada aytilmoqda.
Xabarnomada aytilishicha, Umm as-Sayyof nomi bilan ma'lum Nasrin Asad Ibrohim IShID faoliyatida ishtirok etishda gumon qilinib, 15 may kuni Iroqda AQSh harbiylari tomonidan qo‘lga olingan.
Ayni paytda Ibrohim xonim Iroq Kurdistonidagi qamoqda saqlanmoqda.
May oyining o‘rtalarida AQSh maxsus otryadi Suriya sharqida maxsus operatsiya o‘tkazdi. Operatsiya jarayonida Abu as-Sayyof o‘ldirildi. Oq uy milliy xavfsizlik kengashi rasmiy vakili Bernadett Mixenning so‘zlariga qaraganda, AQSh bu xatti-harakatlarini Suriya hukumati bilan muvofiqlashtirib bormagan hamda uni ogohlantirmagan.

Top