8395.15 USD -6.38

9510.03 EUR -113.08

127.67 RUB -0.68

10869.2 GBP -122.52

09:09 / 07.08.2015 4239

Astronomlar Yerdan eng uzoqdagi galaktikani topishdi

Astrofizika mutaxassislari Yerdan eng uzoqdagi galaktikadan kelayotgan nurlarni qayd qilishdi. Bu haqda Gavayida joylashgan Keka observatoriyasi tarqatgan matbuot xabarnomasida aytildi.

EGSY8p7 galaktikasi Yerdan 13.1 mlrd yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan. Uning teleskoplar orqali namoyon bo‘ladigan ko‘rinishi uning aslida Katta portlashdan 585 mln yil keyingi qiyofasidir. Olimlar MOSFIRE infraqizil spektrometri yordamida galaktikaning yoshini aniqlab, uning spektrida Layman-alfa chizig‘ini qayd qilishdi. Tadqiqotning asosiy yutug‘i sifatida aynan shu holat baholanmoqda. Nazariy hisob-kitoblarga qaraganda, mavjudligining dastlabki 400 mln yilida koinot bunday nurlanish uchun yetarlicha shaffof bo‘lmay, neytral vodorodga to‘la bo‘lgan. Keyinchalik, birinchi galaktikalarning paydo bo‘lishi bilan ularning nurlari neytral vodorodni protonlar va elektronlarga parchalay boshlagan.

EGSY8p7 atrofida Layman-alfa chizig‘ining mavjudligi ayrim galaktikalar atrofidagi vodorod boshqalaridagiga nisbatan ertaroq ionlashganini ko‘rsatadi. Bunday galaktikalardagi yulduzlarning nurlanishi boshqalardagidan ko‘ra kuchliroq bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Teglar

Top