21:21 / 07.08.2015
1910

Bahrayn hukumati mamlakatdagi yagona muxolif gazeta chop etilishini to‘xtatdi

Bahraynning OAVlar ishlari boshqarmasi mamlakatda shialar muxolifatining “ovozi” hisoblangan “Al-Vasat” kundalik gazetasi chop etilishini to‘xtatdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Agentlik suhbatdoshining qayd etishicha, bu “nashr tomonidan qonun buzilishi va Bahrayn jamiyatining turli qatlamlari orasida qarama-qarshilikni chuqurlashtiruvchi materiallarning muntazam chop etilishi hamda qirollikning boshqa davlatlar bilan munosabatlariga ta'sir o‘tkazishi” sababli qilingan.

Amnesty International xalqaro inson huquqlari tashkiloti Bahraynda rasmiy hukumatning fikridan o‘zgacha yo‘nalishda ishlovchi nashrning taqiqlanishini tanqid qildi.

Top