16:14 / 07.08.2015
2740

Berluskoni saudiyalik shahzodaga villasini 500 mln yevroga sotishi mumkin

Italiyaning sobiq bosh vaziri, milliarder Silvio Berluskoni Sardiniya orolidagi villasini Saudiya Arabistoni shahzodasiga sotishi mumkin. Bu haqda Corriere della Sera nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, yaqinda Berluskoni saudiyalik valiahd shahzoda, ichki ishlar vaziri Muhammad bin Noif uchun villa bo‘ylab besh soatlik sayr uyushtirgan. Taxminlarga ko‘ra, villaning yangi egasiga qirol Salmonning o‘zi aylanishi mumkin.
Villa hududida yunon-rum uslubidagi amfiteatr, futbol maydoni, sun'iy ko‘l va uning o‘rtasidagi orol hamda maxsus yaratilgan faol vulqon. Villa 500 mln yevroga baholanmoqda.

Villa mehmonlari qatorida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Blerlar bor.

Top