18:14 / 07.08.2015
2430

Depay "MYu"da 7 raqam ostidagi libosda o‘ynaydi

"Manchester Yunayted" klubi yangi mavsumda o‘z futbolchilari o‘ynaydigan raqamlarni e'lon qildi.

Yozgi transferlar boshlanishi bilanoq "PSV"dan xarid qilingan gollandiyalik vinger Memfis Depay Di Mariya ketganidan keyin bo‘sh qolgan 7-raqamda o‘ynayldigan bo‘ldi. Bu raqamda o‘z vaqtida "MYu"ning Jorj Best, Brayan Robson, Erik Kantona, Devid Bekxem va Krishtianu Ronaldu kabi yulduzlari o‘ynagandi.

"Sautgempton"dan transfer qilingan fransiyalik xavbek Morgan Shnayderlin o‘ziga 28-raqamni tanladi, "Bavariya"ning sobiq yarimhimoyachisi Bastian Shvaynshtayger o‘zining avvalgi jamoasidagi 31-raqamni oldi, italiyalik himoyachi Matteo Darmianga esa 36-raqam tegdi.

Shuningdek, himoyachi Lyuk Shou 3-raqamni 23-raqamga almashtirgan bo‘lsa, belgiyalik Maruan Fellayni 31-ni 27-ga o‘zgartirdi.

Yosh hujumchi Jyek Uilson yangi mavsumni 19-raqam ostidagi libosda o‘tkazadigan bo‘ldi.

Top