17:24 / 07.08.2015
3953

Mariya Gaydar Rossiya fuqaroligidan voz kechmoqchi

Rossiyalik muxolifatchi siyosatchi, Odessa hokimining o‘rinbosarligiga tayinlangan Mariya Gaydar uni Rossiya fuqaroligidan mahrum qilishlarini so‘radi.
Ilgariroq unga Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko fuqarolik pasportini taqdim etgan edi.
“Men Rossiya fuqaroligidan voz kechishim haqida ariza yozdim. U qachon qondirilishini bilmadim. Ammo bu rasmiyatchilik, xolos”, – dedi u Odessaning mahalliy telekanallaridan birining efirida.
Bundan tashqari, u Isroil fuqaroligini olish jarayonini to‘xtatganini ma'lum qildi.

Top