11:24 / 07.08.2015
2523

iOS 9 avtomatik tarzda yangilanishlarni o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ldi

O‘tgan juma kuni chiqqan iOS 9 dasturiy ta'minotining beta-versiyasida yangilanishlarni avtomatik tarzda o‘rnatish imkoniyati tug‘ildi, deb yozadi 9to5mac.com resursi.

Dastur ko‘chirib bo‘lingach, foydalanuvchi uni o‘zi o‘rnatishi yoki tungi soat 2:00-4:00da avtomatik o‘rnatishni belgilash imkoniyati paydo bo‘ladi. Bundan keyingi yangilanishlar ham avtomatik yuklanadi.

Yangi operatsion dasturning relizi 2015 yilning sentabr-oktabr oylarida o‘tkazilish kutilmoqda.

Top