00:15 / 07.08.2015
2507

iOS operatsion tizimining zaif tomoni xakerlarga Skype, Twitter va Facebook’dagi shaxsiy ma'lumotlarga kirish imkonini beradi

Xakerlar iOS operatsion tizimining jiddiy zaif tomonini aniqlashdi. Bu kamchilik smartfonlarga ularning egalaridan yashirin tarzda zararli dasturiy ta'minotni o‘rnatish imkoniyatini beradi, deb yozmoqda Business Insider nashri.

Zararli dasturlar rasmiy dasturlarning asl versiyalari kabi ko‘rinishda bo‘ladi, yovuz niyatli kimsalar tomonidan boshqariladi va foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlariga kirish imkonini beradi. Ekspertlarning qayd qilishlaricha, foydalanuvchilar Twitter, Facebook, WhatsApp va Skype xizmatlarning zararli “klon”-dasturlarini ko‘proq ko‘chirib oladilar. Agar bu dasturlar iPhone’ga o‘rnatilgan bo‘lsa, ular xizmat kabi ko‘rinishga ega bo‘lgan va asl dasturning barcha imkoniyatlarini o‘z ichiga oluvchi zararli dastur bilan almashtiriladi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, agar Apple kompaniyasi bu muammoni hal qilmasa, unda bu kamchilikdan yirik jinoiy guruhlar tomonidan moliyaviy foyda olish maqsadida ishlatilishi mumkin.

Top