17:42 / 07.08.2015
2747

Kattaqo‘rg‘onda aholidan noqonuniy pul yig‘ib yurgan elektr tarmog‘i xodimlari qo‘lga olindi

Kattaqo‘rg‘onda aholidan noqonuniy pul yig‘ib yurgan elektr tarmog‘i xodimlari qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Qoradaryo elektr tarmoqlari korxonasida aholi bilan ishlash bo‘yicha nazoratchi vazifasida ishlab kelgan Vahobiddin Ostonov fuqaro Nigora Rajabovadan elektr bo‘yicha qarzlarini “yo‘q qilib berish” uchun dastlab 300 ming so‘m, so‘ng yana 200 ming so‘m olgan.

Bundan tashqari, qonunbuzar Qorabek qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Davron Elboyevdan 100 dollar va 700 ming so‘m, fuqarolar Dilbar Ahmedovadan 50 dollar, Husniddin Norqulovdan 100 ming so‘m, Menglixol O‘sarovadan 140 ming so‘m, Feruza Iskandarovadan 200 dollar, Zaynab Turiyevadan 700 ming so‘m olgan. U ko‘plab boshqa fuqarolardan pul olib, ularni kassaga topshirmagan va o‘zlashtirgan.

Tekshiruv natijasida xuddi shu usulda ushbu tarmoqning boshqa xodimlari – nazoratchilar Oybek Bobomurodov, Uchqun Rahimov, montyor Eshmurod Eshquvvatov, texnik Rustam Avazov, usta Olimjon Xudoyorovlar aholidan pul to‘plab yurgani ma'lum bo‘ldi. Ushbu guruh a'zolari qo‘lga olinib, javobgarlikka tortildi.

Top