12:17 / 07.08.2015
3027

"Krasnodar" bosh murabbiyi "Slovan" bilan o‘yindan keyin jamoa himoyachilari bilan jiddiy gaplashib olmoqchi

"Krasnodar" jamoasi futbolchilarini, ayniqsa jamoa himoyachilarini 6 avgust kuni Slovakiya poytaxti Bratislava shahrida Yevropa ligasi saralashining 3-bosqichi doirasida "Slovan"ga qarshi o‘yindan keyin bosh murabbiy bilan jiddiy suhbat kutmoqda. Bu haqda "Krasnodar" bosh murabbiyi Oleg Kanonovning o‘zi TASS muxbiriga ma'lum qilgan.

"Krasnodar" kecha o‘tkazilgan o‘yinda 3:3 hisobida durang o‘ynadi va 1 hafta oldin o‘z uyida 2:0 hisobida g‘alaba qozongani evaziga keyingi bosqichga o‘tdi.

"Safardagi o‘yinda muhimi gol urish edi. Hujum chizig‘i bu vazifani uddaladi. Ammo jamoa himoyasining o‘yinidan qoniqish hosil qilmadim. Himoyachilar 3ta gol o‘tkazishlaridan tashqari raqibga juda ko‘p hujumlar uyushtirishga qo‘yib berishdi. Bizda keyingi o‘yinlargacha xatolar ustida ishlash uchun yetarlicha vaqt bor", deydi Kononov.

U o‘yinda 0:2 hisobi qayd etilishiga ham tayyor bo‘lgan va penaltilar seriyasida dastlabki zarbalarni amalga oshiradigan futbolchilar ro‘yxatini tuzib qo‘ygan.

"O‘zim uchun 11 metrli zarbalarni amalga oshiruvchi futbolchilar sifatida Pavel Mamayev, Ari va Fedor Smolov nomlarini belgilab olgandim. Smolov hali jamoada o‘z golini nishonlamadi", deydi murabbiy.

Yevropa ligasining keyingi bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi bugun, Shveytsariyaning Non shahrida o‘tkaziladi.

Top