09:05 / 07.08.2015
5533

Misrning birinchi raqamli xonimi joriy yilda birinchi marta videokameralar qarshisiga chiqdi

Misrning birinchi raqamli xonimi Intisor as-Sisiy joriy yilda birinchi marta jamoatchilik oldiga chiqdi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar bermoqda.
Prezidenti Abdulfath as-Sisiyning rafiqasi yangi Suvaysh kanalining ochilishida ishtirok etdi.
Intisor odatda hech qanday rasmiy marosimlarda ishtirok etmaydi. Oxirgi marta u 2014 yil iyunida erining inauguratsiyasi marosimida jamoatchilikka ko‘ringan edi.
Marosimda, shuningdek, prezidentning singlisi ishtirok etdi. Misrlik jurnalist Fotima Navt u bilan selfi tushib, ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirdi.

Top