18:26 / 07.08.2015
3128

NASA boshqa sayyoralarda ishlovchi dron yaratdi

NASA agentligi yaqin atrofdagi sayyoralarni va asteroidlarni tadqiq etishga mo‘ljallangan dron prototipini taqdim etdi. Uni Swamp Works kompaniyasi muhandislari ishlab chiqdi.

Extreme Access Fler nomli apparat Oyda, Marsda va asteroidlarda ishlashi rejalashtirilmoqda. Shu tariqa, Yerga boshqa samo jismlarining geologik tarkibi hamda ulardagi foydali qazilmalar haqidagi ishonchli ma'lumotlar yetkazib beriladi. Yer usti roverlari bunga to‘g‘ri kelmaydi, negaki foydali qazilmalar odatda kraterlarda bo‘ladi.

Extreme Access Fler tashqi jihatdan kvadrokopterga o‘xshaydi, ammo unda parraklar o‘rniga fazoviy uskunalar o‘rnatilgan. Oy va Mars atmosferasining boshqachaligi, asteroidlarda esa atmosferaning yo‘qligi bois dron parraklar yordamida u yerda parvoz qila olmaydi.

Dronni Yerdan turib boshqarib bo‘lmaydi, negaki signal uzoq vaqt ushlanib qoladi. Shu bois uning uchun landshaft va mo‘ljallar bo‘ylab navigatsiya tizimi yaratilmoqda. Uning yordamida apparat odamning masofaviy boshqaruvisiz uchishi mumkin bo‘ladi.

Top