16:17 / 07.08.2015
3292

Navoiyda karbid ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Zarafshonlik tadbirkor Navoiy viloyati sanoatida yangi mahsulot — karbid ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Koks va ohakdan tayyorlangan bu mahsulot gaz-payvandlash ishlarida keng qo‘llaniladi. Bu haqda "Telegraf.uz" nashri xabar berdi.

"Karbid zavodi qurilishi lo­yihasi besh yil avval tasdiq­lan­gandi. O‘t­gan yil bahorida bank kre­di­ti hisobiga qurilish ish­­­­la­ri­ni boshlab, qisqa mud­datda poyo­ni­ga yetkazdik. Joriy yil­­da ilk mah­sulotni oldik. Maq­sadimiz, ma­halliy xomashyo­dan tayyor mahsulot ishlab chiqa­rish bo‘lib, koks­ni Farg‘ona neft­ni qayta ishlash za­vodidan, me­tallni esa Toshkent ­shahridan ola­yap­miz", — deydi tadbirkor S. Adizov.

Ma'lum qilinishicha, yangi ish boshlagan karbid za­vo­dida ayni paytda 22 kishi meh­nat qilmoqda. Za­vod to‘liq quv­vat­da ishlay boshlasa, ish­chilar safi yanada kengayadi. Zavod mahsulotlarini reali­za­tsiya qilish uchun allaqachon Samarqand va Toshkent viloyat­la­ridagi sanoatchilar bi­lan shart­no­malar ham imzolangan.

Top