23:37 / 07.08.2015
6859

Nyu-York markazida “o‘rgimchak odam” yo‘lovchi bilan mushtlashib ketdi

Nyu-York markazida “o‘rgimchak odam” kiyimini kiyib olgan odam yo‘lovchi bilan mushtlashib ketdi, deb xabar bermoqda New York Daily News nashri. 6 avgustda Tayms-skver maydonida yuz bergan ushbu mushtlashuv videosini voqea guvohi Jyeff Goldberg o‘zining tvitterdagi mikroblogida joylashtirdi.

Videoning boshida “superqahramon” birinchi bo‘lib musht tushirganini ko‘rish mumkin. Bir necha soniyadan keyin “o‘rgimchak-odam” ning raqibi uni yerga yiqitgan va ular jangni yerda yotgancha davom ettirganlar. Rolikda ushbu mushtlashuvni bir necha o‘nlab odamlar kuzatganlari va ularning birortasi ham mushtlashayotganlarni ajratishga harakat qilmaganining guvohi bo‘lish mumkin.

Bu holat “o‘rgimchak-odam” kiyimida bo‘lgan odamlar Tayms-skverda mushtlashuv keltirib chiqargan birinchi holat emas. O‘tgan yil iyulida “o‘rgimchak-odam” kiyimidagi 25 yoshli Junior Bishop u bilan bir sayyoh ayol o‘rtasida chiqqan nizoni hal qilishga uringan politsiyachilar bilan mushtlashib ketgan. Yigit u bilan fotosuratga tushgan ayol unga 1 dollar taklif qilgani uchun janjalasha boshlangan, chunki bu pul unga kamlik qilgan. U ayoldan kamida 5 dollar berishini talab qilgan.

Top