08:39 / 07.08.2015
2439

Nyu-Yorkda XVII asrda cho‘kib ketgan ispan galeoni xazinalari kim oshdi savdosiga qo‘yildi

Ispaniyaning XVII asrda g‘arq bo‘lgan Nuestra Senora de Atocha galeonidan topilgan qimmatbaho buyumlar Nyu-Yorkdagi kim oshdi savdosida sotib yuborildi. Ulardan kelgan umumiy tushum 2 mln dollarni tashkil qildi.
Savdolar Guernsey’s kim oshdi savdo uyida o‘tkazildi.
Ispaniya qirollik floti tarkibiga kiruvchi kema 1622 yil 6 sentabrida dengiz tubiga ketgan. U Ispaniyaga 40 tonna oltin va kumush buyumlar olib ketayotgan edi. kema qoldiqlari 1985 yil 20 iyulida Mel Fisherning qidiruv jamoasi tomonidan aniqlandi. Suv ostidan ko‘tarilgan buyumlarning umumiy qiymati 450 mln dollarga baholandi.
Kema topilishining 30 yilligi munosabati bilan savdoga 40ta buyum chiqarildi. Ular orasida eng qimmatlilari oltin plastina (94 ming dollar), zumradlangan oltin xoch (119 ming dollar), oltin qadah (413 ming dollar) va oltin qoshiq (62.5 ming dollar) bo‘ldi.

Top