07:00 / 07.08.2015
5244

Perulik talaba qiz mamlakat bosh vazirining vertolyoti parraklaridan halok bo‘ldi

Peruda 20 yoshli talaba qiz mamlakat bosh vaziri Pedro Katerianoning vertolyotiga yaqinlashib kelganida parraklarga uchrab, halok bo‘ldi. Bu haqda RFP xabar berdi.

Lina Sapata Feyxo ismli bu qiz vazirga o‘zining nohaq qamalgan akasi haqidagi xatni yetkazish uchun kelgan edi.

Xabarda aytilishicha, vertolyot parraklari uning boshini uzib yuborgan.

Bu voqeadan keyin Kateriano o‘z safarini qoldirgan.

Hukumat qizning akasi bilan bog‘liq ishni tekshirishga va bu fojianing oldini ololmagan prezident qo‘riqchilarini mas'uliyatsizligi uchun jazolashga va'da bergan.

Top