13:14 / 07.08.2015
3039

Qoraqalpog‘istonda Samsung Engineering’dan noqonuniy ishdan bo‘shatilgan fuqaro ish o‘rniga qayta tiklandi

2015 yilning birinchi yarmida Qo‘ng‘irot tuman prokuraturasi tomonidan 113 murojaat ko‘rib chiqilib, ulardan 57tasi qanoatlantirildi. Bu bilan 80 fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi.
Tuman prokurori Yangaboy Bobojonovning bergan ma'lumotlariga qaraganda, fuqarolar murojaatlari asosan o‘tkazilgan tekshiruvlar jarayonida noqonuniy qarorlarga nisbatan 2ta protest keltirilib, 3 shaxs intizomiy, 5 shaxs ma'muriy javobgarlikka tortildi. Ig haqlarini undirish bo‘yicha sudlarga 40ta ariza kiritildi.
Jumladan, fuqaro Temur Saparovning Samsung Engineering CO LTD korxonasidan noqonuniy bo‘shatilganligi sababli qayta ishga tiklashni so‘rab yozgan arizasi ko‘rib chiqilib, uning iltimosi qanoatlantirildi va fuqaro ish joyiga qayta tiklandi.
Fuqaro Sh. Serjanovaning “Urganchtransgaz” sho‘'ba korxonasi aksiyadorlik kompaniyasining Qoraqalpoq gaz quvurlari boshqarmasidga qarashli turar joylardan yashash uchun joy berilmaganligidan norozi bo‘lib yozgan murojaati prokuratura aralashuvi bilan hal qilinib, unga turar joy ajratib berildi.
Boshqa turdagi murojaatlar ichida aliment undirish masalasi muhim o‘rin tutdi. Jumladan, fuqaro N. Utegenova 2 nafar farzandining ta'minoti uchun ajratilgan aliment to‘lovini S. Allambergenovdan undirib berishni so‘rab murojaat qildi. Bu ariza ham prokuratura aralashuvi bilan hal etilib, 1.775 mln so‘mlik aliment undirib berildi.

Top