18:35 / 07.08.2015
3558

Slutskiy Rossiya terma jamoasidagi faoliyati uchun oylik maosh olmaydi

Rossiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Leonid Slutskiy terma jamoadagi faoliyati uchun oylik maosh olmaydi. Bu haqda «R-Sport» nashri Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko bergan ma'lumotga tayanib xabar tarqatdi.

Vazirning so‘zlariga qaraganda, mutaxassis faqatgina Yevropa chempionatining final bosqichiga chiqqan taqdirdagina bonuslarga va mukofot pullariga ega bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 7 avgust juma kuni RFI Slutskiyni Rossiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi sifatida e'lon qilgandi. U mazkur lavozimdan tashqari TsSKA bosh murabbiyliginiyam davom ettiradi. Mutaxassis bilan shartnoma Yevro-2016 saralash sikli tugashiga qadar davom etadi.

Top