13:15 / 07.08.2015
2593

Slutskiy Rossiya terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi

Moskvaning TsSKA jamoasiga boshchilik qilib kelayotgan mutaxassis Leonid Slutskiy futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Rossiya futbol ittifoqining rasmiy sayti orqali axborot berildi.
Mutaxassis bilan imzolangan shartnoma 2016 yilgi Yevropa chempionatining saralash bosqichi yakuniga qadar mo‘ljallangan. Ayni paytda mutaxassis terma jamoa va TsSKA jamoalari murabbiyligini birday bajarib turishi ko‘zda tutilgan.
Qaror Rossiya sport vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
44 yoshli mutaxassisdan oldin terma jamoaga italiyalik Fabio Kapello boshchilik qilgan edi. U lavozimni o‘tgan oyda bo‘shatdi.

Top