15:46 / 07.08.2015
2241

Toshkentlik vagonsozlar 134ta yuk vagoni qurishdi

Joriy yilning boshidan buyon Toshkentda 134 yangi yuk vagoni qurildi. Shulardan 10tasi yopiq, qolgani esa yarim ochiq vagonlardir. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAKga tegishli Quyuv mexanika zavodi iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i Shohrux Mannonov ma'lumot berdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, joriy yilning birinchi yarmida bu boradagi ishlab chiqarish hajmi 50.6 foizga oshdi.

“Xalq iste'moli mollarini chiqarish bo‘yicha vazifalar 120 foizga bajarildi, o‘sish sur'ati esa 38.7 foizni tashkil qildi. Yuk vagonlarini kapital ta'mirlash va modernizatsiya qilish rejasiga binoan 270 vagon ta'mirdan chiqarildi”, – uning so‘zlarini keltiradi “Pravda Vostoka” nashri.

Shuningdek, u o‘tgan yili 271ta yarim vagon va 120ta yopiq vagon ishlab chiqarilganini, 250 vagon ta'mirdan chiqqanini eslatib o‘tdi.

Top