10:37 / 07.08.2015
3753

Xarrison Fordning samolyoti nega halokatga uchragani aniqlandi

Taniqli Hollivud aktyori Xarrison Ford boshqarayotgan samolyotning halokatga uchrash sabablari aniqlandi. Bu haqda ABC News resursi xabar bermoqda.

Tekshiruv natijasida ayniqlanishicha, samolyot karbyuratorining asosiy yoqilg‘i jikleri ishdan chiqish bois samolyot boshqaruvi qo‘ldan chiqqan, buning natijasida keragidan ortiq yoqilg‘i kelib, dvigatel to‘xtab qolgan.

Xarrison Fordning samolyoti 2015 yilning martida halokatga uchragan edi. U boshidan ko‘plab jarohatlar olib, shifoxonaga yotqizilgan edi. Ford Tinch okeani bo‘yidagi Santa-Monika aeroportidan uchib chiqqan edi. Oradan 20 daqiqa o‘tib, u dispetcherga dvigatel ishdan chiqqanini xabar qildi.

Top