18:15 / 08.08.2015
2727

8 avgust – Xalqaro alpinistlar kuni

8 avgustda butun dunyodagi barcha alpinistlarning bayrami nishonlanadi.

Bu bayramning paydo bo‘lishiga ikki shveysariyalik – shifokor Mishel-Gabriel Pakkard va tog‘ yo‘lboshlovchisi Jak Balma sababchi bo‘lgan. Ular 1786 yil 7 avgustda birinchi bo‘lib Alpning eng yuqori nuqtasi – balandligi dengiz sathidan 4810 metr bo‘lgan Monblan cho‘qqisini zabt etishgan.

Siz o‘zingizni alpinist deb hisoblashingiz mumkin, agar:
1. Siz siyqasi chiqib ketgan jinsi shim yoki sviterda yurishingiz mumkin, lekin shu bilan birga 500 dollarlik gorteks kiyimga (turli sharoitlarga mo‘ljallangan maxsus kiyim) ega bo‘lsangiz.
2. Do‘stingizning muzyorgich boltasidan muzni puflab tushirmoqchi bo‘lganingizda, biror marta bo‘lsa ham unga labingiz sovuqdan yopishib qolgan bo‘lsa.
3. Siz tomorqangizdagi yerni muzyorgich bolta bilan chopsangiz.
4. Sizda to‘yingizdagi fotosuratlardan ko‘ra tog‘da tushgan fotosuratlaringiz ko‘proq bo‘lsa.
5. Tanangizning biror qismidan biror marta bo‘lsa ham sumalak osilib tushgan bo‘lsa.
6. Siz biror marta shunday balandlikdan qulab tushgansizki, arqonda osilib qolguningizgacha sizdagi barcha andrenalin tugab bo‘lgan bo‘lsa.
7. Sizning quyoshdan himoyalovchi kremingiz sizga eng kerak bo‘lgan payt qotib qolgan bo‘lsa.
8. Siz sovuq deb ataydigan harorat termometr shkalasida mavjud bo‘lmasa.
9. Sizga Hillari ismi Klinton yoki Oq uydagi mojarolarni emas, Everestni eslatsa (Everestni birinchi zabt etgan ikki kishidan biri – Ser Edmund Persival Hillari nazarda tutilmoqda).
10. Sizning ta'rifingizda sham yog‘dusida kechki ovqat tanovvul qilish “Shamda muzni eritib, idishlarga quyib chiqish” degan ma'noni anglatsa.

Bu kunni nafaqat tog‘ cho‘qqilarini zabt etuvchi qo‘rqmas alpinistlar, balki sanoat alpinizmi bilan shug‘ullanuvchilar ham o‘z bayramlari deb hisoblaydilar. Yil sayin dunyoda baland imoratlar ko‘payib bormoqda va bunday mutaxassislar bu binolarning oynalari va fasadlarini yuvishlari, bo‘yash va ta'mirlash ishlarini o‘tkazishlari, reklama shitlarini o‘rnatishlari, konditsionerni mahkamlash va shu kabi ishlarni bajarishlari mumkin.

Top