18:46 / 08.08.2015
2831

APLning 1-turidagi ilk o‘yinda "Manchester Yunayted" "Tottenhem"ni mag‘lub etdi

Bugun Angliya chempionatining 1-turiga start berildi. Mavsumning ilk o‘yini "Old Trafford"da "Manchester Yunayted" va "Tottenhem" o‘rtasida o‘tkazildi.

O‘yinning 22 daqiqasida Uolker tomonidan kiritilgan avtogol o‘yinda yagonaligni saqlab qoldi.

Shu tariqa, qiyin kechgan o‘yinda "qizil iblislar" 3 ochkoga ega bo‘lishdi.
Qayd etish joizki, Lui van Gaal jamoaning asosiy darvozaboni David de Xeani bu o‘yin qaydnomasiga ham kiritmadi. Debyut qilgan Romero esa o‘z darvozasi daxlsizligini ta'minladi.

Manchester YunaytedTottenxem 1:0
Gol: 1:0 – 22, avtogol Uoker.
Manchester Yunayted – Romero, Shou, Darmian (Valensiya, 81), Smolling, Blind, Depay (Errera, 68), Kerrik (Shvaynshtayger, 60), Yang, Shnayderlin, Mata, Runi.
Tottenxem – Vorm, Vertongen, Devis, Alderveyreld, Dayyer (Alli, 77), Eriksen, Bentaleb (Meyson, 53), Dembele (Lamela, 68), Shadli, Uoker, Keyn.
Ogohlantirishlar: Vertongen (27), Shvaynshtayger (69), Dayyer (76), Mata (90), Alli (90).

Top