01:36 / 08.08.2015
4799

AQSh “Gazprom”ga qarshi “manzilli sanksiyalar” kiritdi

AQSh Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasiga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi, deb aytilmoqda AQSh Federal reyestrida chop etilgan hujjatda.

AQSh ilk bor yuridik shaxsga emas, balki muayyan bir konga qarshi sanksiya kiritdi. Gap Janubiy-Kirinsk gaz koni haqida ketmoqda.

Taqiqlovga ko‘ra, ushbu konga AQShda ishlab chiqarilgan istalgan mahsulot, birinchi navbatda, konlarni ishlash uchun yuqori texnologiyali qurilmalarni yetkazib berish taqiqlanadi.  

Bundan tashqari, AQShdagi ishlab chiqarilgan uskunalarga AQShning ichida taqiqlov kiritilmoqda. Ya'ni sotib olingan qurilma konga yetkazib berilishi mumkin emas. Shu tariqa, ushbu cheklov nafaqat “Gazprom”ga, balki AQShning uskunalar yetkazib berishi mumkin bo‘lgan barcha kompaniyalarga qo‘llanmoqda.  

Top