11:32 / 08.08.2015
3767

Arda Turon: "Messi menga 10-raqamni taklif qildi"

“Barselona”ning yangi yarim himoyachisi Arda Tuon Lionel Messiga tegishli bo‘lgan 10-raqamni o‘ziga olishga imkon bo‘lganini ta'kidladi. Turkiyalik futbolchining so‘zlariga qaraganda, Argentina terma jamoasi sardorining o‘zi bu taklif bilan chiqqan.

“Turkiya terma jamoasida o‘ynashni boshlaganimda o‘zimga 14-raqamni olgan edim, chunki mening otam Kruiffning ashaddiy muxlislaridan biri hisoblanadi. Biroq qaysi raqamda o‘ynash men uchun u qadar muhim emas. Qaysi raqamda harakat qilishimni yanvar oyida hal qilaman. Messi agar men xohlasam bu raqam meniki bo‘lishi mumkinligini aytdi”, – dedi Arda Turon.

Ma'lumot uchun, “Barselona”ning yangi sotib olgan o‘yinchilari FIFA tomonidan qo‘llanilgan sanksiya tufayli 2016 yilning 1 yanvaridan maydonga tushishlari mumkin bo‘ladi.

 

 

Top