18:37 / 08.08.2015
3287

Franchesko Totti: Messi oliyjanoblik timsoli

"Roma" jamoasi hujumchisi Franchesko Totti "Barselona"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin bergan intervyusida raqib jamoaning argentinalik hujumchisi Lionel Messining sifatlari haqida fikr bildirib o‘tgan.

"Biz "Barselona" bilan "Nou Kamp"da o‘yin o‘tkazdik. Bunday jamoaga qarshi o‘ynash har qanday jamoa uchun foydalidir. Luis Enrike bilan yana ko‘rishganimizdan mamnun bo‘ldim. U bu vaqt ichida YeChL g‘olibi bo‘lishga ulgurdi.
Men Messi haqida ham gapirishni istardim. U o‘ziga o‘xshash odamlar orasida ham eng oliyjanob odam. U mehribonlarning ramzidir. Leo futbolchi sifatida buyuk va odam sifatida esa shu qadar kamtarin", deydi Totti.

Eslatib o‘tamiz, 5 avgust kuni o‘tkazilgan o‘yindan keyin bu ikki futbolchi birgalikda selfiga tushishgan edi.

Top